Aholining uy-joylari hamda kadastr sohasida raqamli texnologiyalarning joriy etilish holati to'g'risida brifing o'tkazildi.

MA’LUMOT

Prezident Sh.M.Mirziyoyev 21 dekabr kuni yer hisobi va davlat kadastrlarini shakllantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari yuzasidan yig‘ilisho‘tkazgan edi.

Yig’ilishda;

Mamlakatimizda yerni asrab-avaylash, adolatli ajratish va undan oqilona foydalanish bo‘yicha tizimli ishlar qilinmoqda. Joriy yilda qishloq yerlarini ochiq tanlov asosida ajratish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan joylarni auksion asosida xususiylashtirish to‘g‘risida qonun qabul qilindi.

2020 yil 7 sentyabrda “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident farmoni imzolangandi. Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzurida Kadastr agentligi tashkil etildi. Farmonda ko‘plab yangiliklar qatori davlat kadastrlari ob’ektlarini xatlovdan o‘tkazish va Milliy geo axborot tizimiga kiritish vazifasi ham belgilangandi.

 Shunday qilib, O‘zbekiston tarixida ilk bor qishloq xo‘jaligi yerlari yalpi xatlovdan o‘tkazilib, bugungi kungacha qishloq xo’jalik yerlarining electron xaritalari yaratildi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

 Shu bilanbirga, xatlovda ko‘plab xatoliklar ham yuzaga chiqmoqda. Misoluchun, electron hisobga olinayotgan qishloq xo‘jaligi yerlari qog‘ozda yuritib kelingan Yer fondi hisoboti bilan farq qilmoqda.

 Bundan tashqari, yo‘l, elektr, gaz ta’minoti, suv xo‘jaligi, obodonlashtirish ob’ektlari, ko‘p qavatli uylarga tutash hududlar kadastrida ham ko‘plab muammolar mavjudlilgi takidlab o’tildi.

 Shuningdek Kadastr idoralarining sharoitlarini yaxshilash, uskunalarini yangilash bo‘yicha ham topshiriqlar berildi va Yer hisobini yuritish bo‘yicha 2022 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan eng dolzarb vazifalar belgilab berildi:

Bular;

  • Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan boshqa toifadagi yerlarni (suv, tabiatni muhofaza qilish, obodonlashtirish, sanoat, transport, aloqa, mudofaa, zaxira) electron xaritasini yaratib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlarini amalga oshirish;
  • Milliy ortofotoplanlarimizni yaratish va topologic xatoliklarning oldini olish;
  • Ko‘chmasmulk”, “Ko‘chmas mulk-3” (1-C) axborot tizimlaridagi mavjud ko‘chmas mulk ob’ektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yangi “Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” (UzKad)ga migratsiya qilish;
  • Ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasini o‘rgangan holda Yagona koordinatalar tizimida ishlash mexanizmlarini joriy etish;
  • GNSS stansiyalarini hududlarga bosqichma-bosqich o‘rnatish;
  • Tizim tashkilotlar va xodimlarni Yer tuzish ishlarini bajarish uchun zamonaviy yangi tizimlarda ishlaydigan asbob-uskunalar bilan ta’minlash belgilandi.

Yuqoridagi topshiriqlarning ijrosini ta’minlash hamda Qo’shrabot tumanida Aholininguy-joylari hamda kadastr sohasida raqamli texnologiyalarning joriy etish holati yuzasidan quyidagi ishlar bajarilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 31-yanvardagi PF-5930-son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VM-535-sonli Qaroriga muvofiq kadastr sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Davlat xizmatlari markazi bilan raqamli texnologiyalarni qo’llagan holda aholining uy-joylarini kadastr pasportini shakllantirish keng ko’lamda ishlar olib borilmoqda.

Jumaladan:

2019-yildan shukunga qadar Davlat xizmatlari tomonidan 2034 ta ariza kelib tushgan.

Shundan:

1798 ta ariza ijobiy hal qilinib kadastr pasporti shakllantirilgan 245 ta ariza hato va kamchiliklari bo’lganligi sababli rad etilgan

Yuqoridagi 1798 ta ariza Davlat Kadastrlari yagona tizimiga va 1C dasturlariga kiritilib arxiv bazasi shakllantirildi.

         O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, erga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 8-iyundagi
PF-6243-son
 Farmoniga  muvofiq Qo’shrabot tumanida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida electron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinish borasida ham keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.

O’tgan 2019-2021 yillar“YERELERTRON” Avtomatlashtirilgan axborot tizimiga 778 ta (30,46gektar) bo’sh yer uchastkalari kiritilib, shunda 213 ta (16,29 gektar) yer uchastkasi 2400606 417 so’mga sotildi.

 

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM