KICHIK KORXONA VA MIKROFIRMALAR RAHBAR VA HISOBCHILARI DIQQATIGA!

1-KB shakli (yillik) Mikrofirma va kichik korxonaning 2020 yil uchun hisobotini                       2021 yilning 26 fevralidan kechiktirmay, xato va kamchiliklarsiz eStat 3.0 tizimi orqali elektron ko‘rinishda taqdim etishlaringizni eslatamiz.

Chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxona va tashkilotlar 2021 yilning       26 martidan kechiktirmasdan topshirishingiz lozim.

Mansabdor shaxslarning Davlat statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur bo’lgan hisobot va boshqa ma’lumotlarni taqdim etmaslikda ifodalangan Davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzushi, hisobot ma’lumotlarini buzib ko’rsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzishi O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 215-moddasida belgilangan javobgarlikka sabab bo’ladi.

Taqdim etiladigan hisobot turlarini Davlat statistika qo‘mitasining www.stat.uz, www.samstat.uz saytining KTYaDR sahifasida (“Asosiy sahifasi”da “Xizmatlar” sahifasining “shakllar ro‘yxati”) rasmiy veb-saytlaridan olishingiz hamda barcha turdagi Davlat statistika hisobotlarini elektron raqamli imzodan foydalangan holda internet orqali jo‘natishingiz so‘raladi.

        Hurmatli tadbirkor! Hisobotni o‘z vaqtida jo‘natishni unutmang. Sizga yaratilgan imkoniyatdan foydalaning. Vaqtingizni qadrlang.

Elektron hisobot – qulay, tezkor va samarali.

   

 

Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni

rivojlantirish statistikasi bo’limi

Murojaat uchun telefon: (66)235-45-90, (66)230-45-27

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM