Hududda ko'p qavatli uylarda yashovchi aholi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida

Qo‘shrabot tumanida 50 ta ko‘p kvartirali uy-joylar mavjud bo‘lib, NKMKga qarashli 21 ta uy 320 ta xonadonli ko‘p kvartirali turar joy binolariga “Zarmitan maydoni Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi” xizmat ko‘rsatadi. BSKga qarashli 22 ta uy 272 ta xonadonga xizmat ko‘rsatadi.

Yangi qurilgan  uylar 7 ta uy 168 ta xonadonli  ko‘p kvartirali turar joy binolariga qurilish  tashkilotlari tomonidan xizmat ko‘rsatiladi va jami 760 ta xonadon va 2324 nafar aholi yashaydi.

1) “Zarkent” MFY hududidagi 37 ta uyda 520 xonadon mavjud

2) “Mustaqillik” MFY hududida 7 ta uyda 120 xonadan mavjud

3) “Namuna” MFY hududida 2 ta uyda 32 xonadon mavjud

4) “Buloqboshi” MFY hududida 4 ta uyda 88 xonadon mavjud

 

      Hozirgi kundagi ish faoliyatimizda 13 ta uyning yerto‘lasiga mavsumiy surunkali  sel suvlari kirishi va  oqova tarmog‘idagi nosozliklar hamda 5 ta uyning 100 metr oqova tarmog‘i qayta kovlanib nishobligini olish bilan oqova tarmog‘idagi muammolar hal qilindi,  “Mustaqillik” MFYda joylashgan 5-6-sonli uylarning solve terminal  qayta ta’mirlandi.

      Tuman Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limining kunlik ish rejasiga kiritilgan vazifalar taqsimotiga asosan ko‘p qavatli uylarning tutash hududlari obodonlashtirilishi, barcha yer to‘lalar obxod qilinib masalalar yechimini topish,   kunlik muammolar o‘rganilib,  yechimini topish orqali murojaatlarni soni keskin  kamaytirildi. Tumanimizdagi 50 ta ko‘p qavatli uylar  toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan 26 ta ko‘p qavatli uylar markazlashgan issiqlik manbaiga ulangan,  qolgan uylarda lokal isitish tizimi va elektr energiyasi bilan isitiladi.

         Tuman hududida holati yomon, shuningdek, avariya holatidagi ko‘p qavatli uy-joylar mavjud emas.

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM