MUNOSABAT

“Qo‘shrabotda fermerlardan pilla uchun naqd pul yig‘ilmoqda” sarlavhasi ostida ijtimoiy tarmoqlarda chop etilgan maqolaga

MUNOSABAT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-yanvar “Pillachilik tarmog‘ida ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-4567-sonli qarorida belgilangan, Qo‘shrabot tumanida 2023-yilda 586 ta quti ipak qurtidan 34 tonna pilla yetishtirish belgilangan.

2023-yil 17-18-aprel kunlari ob-havo haroratining keskin sovib ketishi natijasida tumanning bir qancha hududlarida ekinzor va daraxtlar sovuqdan jiddiy zarar ko‘rdi.

Tumanimizda sovuqdan zarar ko‘rgan hududlarga 586 ta quti o‘rniga 403 ta quti ipak qurti tarqatildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali fermer xo‘jaligi rahbari tomonidan keltirilgan e’tirozlar yuzasidan quyidagilarni bildiramiz:

Fermer xo‘jaliklari bilan klaster o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan moliyaviy munosabatlariga hokimyat xodimlari tomonidan aralashish bo‘lmagan.

Bugungi kunda tayyor bo‘lgan ipak xomashyosini fermer xo‘jaliklari “JOMBOY SILK” pilla klasteriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri topshirmoqda.

Fermer xo‘jaliklariga yer maydonlarini tortib olish, fermer xo‘jaliklarini tugatish to‘g‘risida hech qanday bosim o‘tkazilmagan.

Tut daraxti barglarini sovuq urmagan hududlarga jami 403 ta quti ipak qurti tarqatilgan, 183 ta quti ipak qurti sovuq urgan tut daraxtlari yangidan barg chiqargan taqdirda 2 bosqichda tarqatilishi nazarda tutilgan.

2023-yil 20-may kuni tuman hokimi boshchiligida tuman qishloq xo‘jaligi kompleksiga kiruvchi tashkilot rahbar va xodimlari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida, tumanda faoliyat olib borayotgan fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan “2023-yilda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish, pilla hosilini nes-nobud qilmasdan yig‘ishtirib olish, yuqori navlarga topshirish, dala chetlariga ekin ekish bo‘yicha” bir marotaba yig‘ilish o‘tkazilgan.

Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha tuman hokimi o‘rinbosari O.Raxmonov va agropilla MChJ tuman bo‘limi rahbari B.Raxmonov, tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i v.v.b Z.Aminov tomonidan hech qanday yig‘ilish va fermer xo‘jaliklari rahbarlariga pul yig‘ish to‘g‘risida bosim o‘tkazilmaganligi ma’lum qilinadi.

 

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM