2023-yil mening yo‘lim loyihasi g‘oliblari aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasininig 2022-yil 2-fevraldagi “Avtomobil yo‘llari sohasida ochiqlik standartlarini joriy etish va sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 49-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga asosan budjet mablag‘larini sarflanishida fuqarolar ishtirokini yanada oshirish va yurtimizdagi mavjud ichki yo‘llar sifatini yaxshilash maqsadida 2022-yildan boshlab tuman va shaharlar budjetlari parametrlarida hududiy ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun ajratiladigan mablag‘larning 50 foizi «Ochiq budjet» axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida aniqlangan ichki yo‘llarni ta’mirlashga yo‘naltirilishi qat’iy belgilab qo‘yildi. Bu tizim “Tashabbusli budjet” jarayonlaridan farqli o‘laroq bir yilda bir marotaba o‘tkaziladi.

2023-yil “Mening yo‘lim” loyihasi bo‘yicha Qo‘shrabot tumani aholisi tomonidan o‘zlari istiqomat qilayotgan mahalla, qishloq va guzarlar ko‘chalarini obod va ravon qilish uchun 2023-yil 17-apreldan 27-aprel kuniga qadar 89 ta takliflar ilgari surilgan bo‘lib, ovoz berish jarayonlari 2023 yil 27-apreldan 7-may kunlari bo‘lib o‘tdi.

Ovoz berish yakunlariga ko‘ra 2 ta taklif loyihasi “Axborot portali” orqali takliflar avtomatlashtirilgan tarzda g‘oliblar aniqlandi.

  1. Qo‘shrabot tuman Shavona MFYdagi Shavona 2-ko‘chasi 23 051 ta ovoz to‘plagan
  2. Qo‘shrabot tuman Qo‘shtamg‘ali MFYdagi Qorakissa 1-ko‘cha 20 622 ta ovoz to‘plab 2023-yil “Mening yo‘lim” loyihasi g‘oliblariga aylanishdi.
2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM