Xalq deputalari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Abdurauf Ismoilov ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘shrabot tuman Kengashining hududlarda mavjud muammolarni hal qilishdagi asosiy bo‘g‘inga aylantirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmonida “Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish” yo‘nalishining 2-maqsadi bu - Xalq deputatlari Kengashlarini hududlarda mavjud muammolarni hal qilishdagi asosiy bo‘g‘inga aylantirish etib belgilangani bugungi kun deputatlar korpusidan yanada yuksak ishonch va ma’suliyatni kutib qoladi. Har bir deputat o‘zining saylov okrugidagi mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan doimiy ravishda Kengash yig‘ilishlarida muhokama qilishi hamda ushbu muhokamalar natijalari keng jamoatchilik hukmiga havola qilish ishlari xalq deputatlari tuman Kengashi faoliyatida yo‘lga qo‘yilgan. Bu albatta o‘z samarasini berib kelmoqda.

Jumladan, 11-Mayintepa saylov okrugi deputati Normo‘min Usmanov, 1-Buloqboshi saylov okrugi deputati Begmat Nazarov, 27-Urganji saylov okrugi deputati Normurod Unaboev hamda 16-Qiyqim saylov okrugi deputati Abdurauf Ismoilovlar okrugidagi mavjud ijtimoiy og‘ir ahvoldagi oilalar farzandlarining davolanish hamda moddiy va ma’naviy yordamlar olinishida Kengash yig‘ilishlarida bayon qilib, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflarini kiritib, ijobiy natijalar olingani mavjud.

Qolaversa deputatlik vakolatidan unumli foydalangan holda mahalliy Kengash deputatlari tomonidan bevosita jamoatchilik asosida qatnashishi bilan tumanda bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biri bo‘lgan “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ni shakllantirish, ularni qo‘llab-quvvatlash, kambag‘alchilikni qisqartirish, aholiga ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqda. Kengash tomonidan aholini qiynab kelayotgan muammolarni joyiga borib o‘rganish, yechimini kutayotgan masalalarga mas’uliyat bilan yondashish, xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalari kun tartibiga puxta hozirlik ko‘rgan holda, dolzarb masalalarni kiritish, har bir masalani doimiy komissiyalar bilan hamkorlikda muhokama qilib, yechimi bo‘yicha aniq va asoslangan takliflar ishlab chiqishga e’tibor qaratildi. Xalq deputatlari tuman Kengashi qoshida sakkizta doimiy komissiyalar faoliyat olib bormoqda. O‘z navbatida kotibiyat zimmasiga ularning faolligini muvofiqlashtirish hamda samaradorligini yanada oshirish vazifalari yuklangan. Ahamiyatlisi, tegishli doimiy komissiya a’zolari kun tartibidagi masalalar bilan oldindan tanish bo‘lganligi bois, keyingi sessiyalar bahs-munozalaralarga boy ruhda o‘tishiga hamda fuqarolarimiz turmush tarzini yanada yaxshilash bo‘yicha adolatli qarorlar qabul qilishga erishildi.

Kengash sessiyalarida tumandagi sektorlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, aholini kambag‘allikdan chiqarish, ularga ish o‘rni yaratish, zarur ehtiyojlarini o‘rganib, shunga munosib tarzda yordam berish, xotin-qizlar va yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlari hamda tumandagi bo‘lim va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari eshitildi. Xalq deputatlari Qo‘shrabot tuman Kengashi sessiyalari kun tartibida muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanib, ularning ijrosi xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari tomonidan doimiy nazorat qilib kelinmoqda.

Jumladan, joriy yilning birinchi choragida Xalq deputatlari Qo‘shrabot tuman Kengashi tomonidan 8 ta sessiya o‘tkazildi. Sessiyada 68 ta masala muhokama qilindi. Kengash kotibiyat nazorati ostida qaror ijrolari ta’minlandi. Bundan tashqari 13 ta deputatlik so‘rovlari chiqarilib, ijrosi o‘z muddatida bajarilishiga e’tibor qaratildi. Natijada deputatlik so‘rovlari e’tiborsiz qoldirilishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Deputatlarning faolligini oshirish, ularning ish faoliyatini tahlil qilib borish, sog‘lom raqobat ruhini shakllantirish maqsadida reyting ishlab chiqildi. Tumanda hali amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, yechimini kutayotgan masalalar talaygina. Kutilgan natijaga erishish uchun bugungi shiddatli davrda, siyosiy qat’iyatli, vakolatidan unumli foydalana oladigan deputatlardan, xususan fuqarolardan ham siyosiy faollik talab qiladi.

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM