"Chimmos" MFY xotin-qizlar faoli ish faoliyati o‘rganildi

Jamiyatimizda ehtiyojmand ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xotin-qizlar faollari ish tajribasini oshirish mavzusida hududlarda o‘tkazilayotgan seminarlardan ko‘zlangan asosiy maqsad ham shu hisoblanadi.

Chimmos mahallasida o‘tkazilgan navbatdagi tadbirda mahallalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollari ishtirok etishdi. Tuman hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sohiba Maxmudova qatnashgan seminarda xotin-qizlar faollarini qiynab kelayotgan muammo va takliflar tahlil qilindi.

Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

 

 

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM