Mehnat qonunchiligi sohasida yuzaga kelayotgan muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha qilinayotgan ishlar

Tumanda mehnat qonunchiligi yuzasidan 2023-yilning 1-may kuniga qadar  bir qator ishlar amalga oshirildi jumladan, yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonuni bo‘yicha 14 ta ariza va shikoyatlar kelib tushib, shundan 11 nafari  ijobiy hal qilinib, 3 nafariga huquqiy tushuntirish berilgan fuqarolarning buzilgan  mehnat huquqlari tiklandi.

Bundan tashqari tumandagi 2 ta korxonada mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonunlari ijrosi yuzasidan o‘quv seminari o‘tkazilgan.

Shuningdek, 2023-yilning 1-may kuniga qadar aholi bandligi to‘g‘risidagi va mehnat qonunlarni ijrosi yuzasidan 3 ta byudjet tashkilotlarida o‘rganishlar o‘tkazilib, 167 ta qonun buzulishi aniqlandi. 3 nafar mansabdor shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekisning 49-moddasi 1-qismiga ko‘ra 4 500 000 so‘m ma’muriy jarima qo‘llanib to‘liq davlat jamg‘armasi fondiga undirildi hamda 3 nafar mansabdor shaxslarga majburiy yozma ko‘rsatma berilib, qonun buzulish holatlari bartaraf etildi.

    Bundan tashqari 2023-yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 255-moddasiga asosan mutaxassis sifatida tuman prokurori va tuman adliya bo‘limlarining topshiriq xatlariga asosan 16 ta tashkilotda tekshirish o‘tkazilib, shundan yuqoridagi nazorat organlarining qarorlariga asosan 16 ta mansabdor shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekisning 49-moddasi 1-qismiga ko‘ra, 18 000 000 so‘m ma’muriy jarima qo‘llanib shundan 15 000 000 so‘m ma’muriy jarima davlat jamg‘armasi fondiga undirildi, qolgan 3 000 000 so‘m mamuriy jarimani undirish choralari ko‘rilmoqda.

Bundan tashqari bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha 5 ta mansabdor shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekisning 229-moddasi 1-qismiga ko‘ra, 10 baravardan jami 1 5000 000 so‘m ma’muriy jarima qo‘llanilib, shundan 9 000 000 so‘m davlat jamg‘armasiga undirildi qolgan 6 000 000 so‘m ma’muriy jarimani undirish choralari ko‘rilmoqda.

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM