Hudud aholisining necha foizi toza ichimlik suvi bilan qamrab olingan: sohadagi muammo va kamchiliklar

1. Ta’minoti bo‘yicha:
Ichimlik suv ta’minoti: 2023-yil aprel oyi holatiga markazlashgan ta’minlanish darajasi 74,9 % ya’ni 132,7 ming nafar aholining 99,5 ming nafardan ortig‘i toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan, bo‘lib qolgan aholi ichimlik suvni alternativ  (kachalka, quduq, buloq, soy va tashib keltiriladi) manbaalardan iste’mol qilib keladi. 
2. Inshootlari bo‘yicha: 
Ichimlik suv inshootlari
-Ichimlik suvi tarmog‘i 93,09 km shundan 36,14 km ta’mirtalab; 
       -78 ta suv inshootlari 42 tasi ta’mirtalab;
-85 ta suv quduqlari 42 tasi ta’mirtalab;
3. Ichimlik suv bilan ta’minlangan va ta’minlamagan MFYlar: 
Jami tuman bo‘yicha   45 ta mahalla fuqarlar yig‘inlari mavjud bo‘lib, shundan 6 tasi markazlashgan to‘liq ta’minlangan, 38 tasi qisman ta’minlangan 1 tasi ta’minlanmagan. Ushbu mahallalarni ichimlik suv bilan to‘liq ta’minlash maqsadida davlat dasturlari va boshqa dastur doirasida suv inshootlari va tarmoqlari qurib kelinmoqda.
4.2021-yilda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha: 
2021-yilda, barcha manbaalar hisobidan 0,96 mlrd. so‘m mablag‘ evaziga jami 4 km ichimlik suv tarmog‘i 1 ta inshootlarini rekonstruksiya qilish yoki yangidan qurilib foydalanishga topshirilmoqda.
Natijada, 4030 ming nafar aholi ilk bor ichimlik suvi bilan ta’minlanadi va markazlashgan ta’minlanish darajasi 44,8 foizdan 71,3 foizga ta’minlanishiga imkon yaratildi. 

5.2023-yilda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha:

2023-yilda jami bo‘lib 5 mlrd.so‘mlik, ya’ni Respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan Investitsiya va "Obod qishoq" dasturlari doirasida 4 mlrd.so‘m, Mahalliy byudjet (Halqaro Tiklanish taraqqiyot jamg‘armasi) mablag‘laridan 1 mlrd.so‘m, hisobidan quyidagi ishlar amalga oshirish belgilangan.
22,2 km ichimlik suv va oqova tarmog‘i (22,2 km suv tarmog‘i hamda          0 km oqova tarmog‘i) hamda 3 dona suv va inshooti (3 dona suv inshooti va 0 dona oqova inshooti) qurish rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshiralida. 
Yil boshidan “Samarqand suv ta’minoti” MChJ Qo‘shrabot tomonidan 3 ta ichimlik suv quduqlarini nososlari yangisiga almashtirildi va natijada 930 nafardan ortiq aholini ichimlik suv ta’minoti yaxshilandi.
6.Amalga oshiriladigan ishlardan kutilayotgan natija:
2023-yil barcha manbaalar hisobidan amalga oshirilgan ishlar natijasida, ta’minlanish darajasi 74,9 foizdan 77,2 foizga ta’minlanishiga imkon yaratiladi.

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM