
NAVRO‘Z SAYLIDAN LAVHALAR
Joriy yilning 14-mart kuni tumanimizning Qirq ovul qishlog‘ida “Har kuning Navroʻz boʻlsin, jonajon Oʻzbekistonim!” shiori ostidagi Navro‘z sayli boʻlib oʻtdi.
Navro‘z saylida uloq ko‘pkari, kurash, tosh ko‘tarish, arqon tortish kabi milliy sport o‘yinlari o‘tkazilib, g‘oliblar tuman hokimligi tomonidan qimmatbaho va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Shuningdek, “Qo‘shrabot madhi – dillarda doston” ijodiy tanlovining g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bayram tadbiriga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xushovoz xonanda Hosila Rahimova tashrif buyurib, tadbirni yana-da koʻtarinki ruhda oʻtishini taʼminladi.
Shuningdek, Navro‘z saylida turli sahna chiqishlari, milliy sport o‘yinlari va musobaqalar, milliy taomlar va urf-odatlar ko‘rgazmalari namoyish etildi.