Quvkalla mahallasida navbatdagi sayyor qabul o'tkazildi

Joriy yilning 22-fevral kuni Quvkalla mahallasi hududida joylashgan 70-maktab binosi oldida o'tkazilgan qabul davomida fuqarolar tomonidan asosan ishga joylashish, ichimlik suvi, yo'l, ko'prik, uy-joy olish va shu kabi 29 nafar fuqarodan 32 ta murojaatlar kelib tushdi.

Qabul davomida bildirilgan har bir murojaat shu yerning o'zida tegishli soha mutaxassislari hamda murojaatchi tomonlar ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, zaruriy vazifalar belgilab olindi.

Ro'yxatga olingan murojaatlar ijro holati yuzasidan tuman hokimiga axborot kiritilishi belgilandi.

 

 

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM