O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o'rinbosari general-mayor Bahodir Mirzarahimov Qo'shrabot tumanida bo'ldi.

Vazir o'rinbosarining tumanga tashrifi davomida tuman hokimi va sektor rahbarlari hamrohligida 88-umumiy o'rta taʼlim maktabi, tuman gaz ta'minoti tasarrufidagi gaz tarqatish shoxobchasi, tuman markazida tashkil etilgan arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi, kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish boʻyicha tashkil etilgan shtab faoliyati o'rganildi, shuningdek tashrif davomida harbiy dala oshxonasi va isinish punkti, tuman tibbiyot birlashmasi faoliyati bilan tanishdi, vazir o'rinbosari va sektor rahbarlari "Navkat" MFYda istiqomat qiluvchi kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oila holidan xabar olishdi, tuman IIB binosida temir daftarda turgan yoshlar va ayollar daftarida turgan xotin-qizlarga uy-ro'zg'or buyumlari tarqatildi.

 

 

 

 

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM