“Samarqand suv ta’minoti” MCHJ Qo‘shrabot tumani filiali mas’ullari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi

Qo'shrabot tuman qurilish bo'limi boshlig'i I.Xoliqulov va “Samarqand suv ta’minoti” MCHJ Qo‘shrabot tumani filiali muhandisi Sh.Asrayev hamda ishlab chiqarish bo'limi boshlig'i R.Abdivohidov ishtirokida “Hudud aholisining necha foizi toza ichimlik suvi bilan qamrab olingan: sohadagi muammo va kamchiliklar” mavzusida ma'lumotlar berildi. 

Taʼminot bo‘yicha:
Ichimlik suvi taʼminoti: 2022-yil 1-dekabr holatiga markazlashgan taʼminlanish darajasi 77,3 % yaʼni 132,7 ming nafar aholining 102,5 ming nafardan ortig‘i toza ichimlik suvi bilan taʼminlangan bo‘lib qolgan aholi ichimlik suvni alternativ (kachalka, quduq, buloq, soy va tashib keltiriladi) manbalardan isteʼmol qilib keladi. 

 Аmalga oshirilgan ishlar bo‘yicha:

1. 2022-yilda barcha manbalar hisobidan jami 4,2 mlrd.so‘m mablag‘ ajratilib, jami bo‘lib 22,2 km ichimlik va oqova suv tarmoqlari qurildi hamda 3 dona ichimlik inshootlari qurib foydalanishga topshirildi. 

a). Yil boshidan korxona tomonidan amalga oshirilgan ishlar.
1,0 km suv tarmog‘i tortildi hamda 4 dona nasos va nasos uskunalari o‘rnatilishi natijasida 120 nafardan ortiq aholini ichimlik suv taʼminoti yaxshilandi. 

b). Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-noyabrdagi 635-sonli qaroriga asosan 
70 mln.so‘m mablag‘ ajratilib, jami bo‘lib 2,0 km ichimlik suv tarmoqlari qurish va rekonstruksiya qilish belgilangan. 
 Bugungi kunda o‘z mablag‘larimiz ya’ni 70 mln.so‘m hisobidan “Samarqand suv taʼminoti” MChJ jami 2,0 km quvurlarni tortish, 1 ta nasosni taʼmirlash va almashtirish orqali 35 ta xonadonning ichimlik suv taʼminoti yaxshilandi. 
2. Samarqand viloyati ichimlik suv tizimi bo‘yicha 2022-2023-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha: 
Jami 0,5 km shundan 0,3 km mukammal va 0,2 km joriy taʼmirlash hamda 3 ta nasoslarni mukammal va joriy taʼmirlash rejalashtirilgan bo‘lib, taʼmirlash ishlari 
100 % ga bajarildi.
3.Bundan tashqari Saudiya rivojlantirish fondi va OPEK fondlari ishtirokida “Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani ichimlik suv taʼminotini yaxshilash” loyihasi doirasida 36 mln. dollar mablag‘ hisobidan 110 ta suv inshooti, 883,8 km (426,3 km. ichki) tarmoq qurish belgilangan bo‘lib, qurilish montaj ishlari 95 % bajarildi. 
Natijada 77 ta qishloq va tuman markazida 65 ming nafar aholi ilk bor ichimlik suvi bilan taʼminlanadi. Taʼminlanganlik (tuman bo‘yicha): 77,3 % dan 80 %ga oshadi.  

Аmalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 2023-yilgi
REJАLАR

3,92 mlrd.so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu mablag‘lar hisobidan 16,0 km ichimlik va oqova suv tarmoqlari hamda 4 dona ichimlik va oqova suv tozalash inshootlari qurish va rekonstruktsiya qilish rejaga kiritilgan.
Natijada aholining markazlashgan ichimlik suv bilan taʼminlanganlik darajasi 
80 foizdan 85,1 foizga, yaʼni 4 ming nafar aholi ilk bor ichimlik suv bilan taʼminlanadi, 2,2 ming nafar aholining markazlashgan ichimlik suv taʼminoti yaxshilanadi.

2015-2023 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM