AHOLINI RO‘YXATGA OLISHDA TURAR JOY BIRLIKLARI

AHOLINI RO‘YXATGA OLISHDA TURAR JOY BIRLIKLARI
Aholini ro‘yxatga olishda “Turar joy birligi” deganda ajratilgan va mustaqil yashash joyi tushuniladi, u alohida uy xo‘jaligi yashashi yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan bo‘ladi. Biroq, ro‘yxatga olish davrida uy xo‘jaligining odatiy yashash joyi sifatida foydalaniladi. Ularning safiga an’anaviy band bo‘lgan turar joylar va quyida keltirilgan ta’riflarga muvofiq keladigan boshqa turar joy birliklari kiradi.
Xalqaro solishtirish maqsadida an’anaviy band yashash joylari va imkoniyatiga ko‘ra boshqa turar joy birliklari to‘g‘risida ma’lumot to‘plash va uni alohida taqdim etish tavsiya qilinadi.
Aholini ro‘yxatga olishda “An’anaviy yashash joylari” o‘zida strukturaviy ajratilgan va mustaqil joyni aks ettiradi, u belgilangan joyda odamlarning doimiy yashash uchun mo‘ljallangan va ro‘yxatga olish vaqtida boshqa maqsadlarda to‘liq foydalanilmaydi. An’anaviy turar joy xona yoki bir qator xonalar bo‘lib, kapital tuzilishida yordamchi joylar masalan; dahliz, yo‘laklarni o‘z ichiga oladi yoki o‘z konstruksiyasiga ko‘ra bunday binoning bir qismini ajratib olgan bo‘ladi. Yuvinish xonasi va hojatxonaning borligi va faqat u yerda istiqomat qiluvchilar foydalanishi uchun mo‘ljallangan bo‘lishi shart emas.
An’anaviy yashash joyida joy ajratilgan hisoblanadi, qachonki, devorlar bilan o‘ralgan va tom bilan qoplangan bo‘lsa, va alohida shaxslar yoki shaxslar guruhi boshqa odamlarning uxlashi, ovqat tayyorlash va iste’mol qilish yoki ob-havo va tabiatning salbiy ta’sirlaridan himoyalanish imkoniga ega bo‘lsa u mustaqil hisoblanadi. Qachonki, unga ko‘chadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish imkoni bo‘lsa yoki umuman communal yoki zina maydoni, yo‘lak, galereya yoki yer uchastkasidan kirish mumkin bo‘lsa shuni anglatadiki, yashovchilar unga kirish va tark etishida boshqa shaxslarning joylaridan kesib chiqishiga zarurat bo‘lmaydi.
“Kapital tuzilish” deganda asosiy konstruksiyalarning chidamlilik muddati 15 yildan kam bo‘lmagan tuzilish tushuniladi. Ba’zi davlatlar, balki binoning capital xususiyatini qurilish nuqtai nazaridan yoki ishlatilgan qurilish materiallari nuqtai nazaridan belgilashni istaydi. Agratilgan xonalar yashash uchun foydalanilishi maqsad qilinganda, qaysiki, yashash joyining tarkibiy qismi sifatida foydalanish uchun loyihalashtirilgan bo‘lsa binoning qismi sifatida hisoblanishi kerak.

2015-2024 © Хокимият Кушработского района. Разработан в: SAKTRM