Tuman hokimining navbatdagi ommaviy sayyor qabuli bo'lib o'tdi

Bugun, 22-may kuni 5-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida bo'lib o'tgan qabulda tuman hokimi D.Shakarboyev, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo'shrabot tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri B.Yusupov, tuman hokimining o'rinbosari I.Sayfiddinov, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.

Qabul davomida 38 nafar fuqarodan 43 ta murojaat xususan, moddiy yordam olish, uy-joyini ta'mirlash uchun qurilish materiallari olish, subsidiyaga uy-joy olish, tibbiyot, ishga joylashish, kredit olish, nafaqa puli olish va shu kabi murojaatlar kelib tushdi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir murojaat tegishli tartibda ro'yxatga olinib, o'rganib ijrosini ta'minlash borasida tegishli mas'ullarga biriktirildi.

 

 

 

 

Qo'shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Хокимият Кушработского района. Разработан в: SAKTRM