NAVBATDAGI SAYYOR QABUL SHAMOLLI QISHLOG'I AHOLISI UCHUN O‘TKAZILDI

Bugun, 9-mart kuni tuman hokimi D.Shakarboyev, sektor rahbarlari, tashkilot va korxona rahbarlari ishtirokida navbatdagi sayyor qabuli "Qovunchi" MFY Shamolli qishlog'ida joylashgan 8-maktab binosi hududida bo'lib o'tdi.

Qabul davomida asosan davolanish, elektr energiyasi, gaz ballon olish, moddiy yordam olish va shu kabi murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlarning ayrimlari joyida ijobiy hal etildi, ayrimlariga huquqiy tushunchalar berildi va muddat talab etiluvchi murojaatlarni o‘rganib, qonuniy yechim topish yuzasidan tumanning tegishli mutasaddi tashkilot va idoralar rahbarlariga topshiriqlar berildi.

 

 

 

 

2015-2024 © Хокимият Кушработского района. Разработан в: SAKTRM