Sayyor qabul

Joriy yilning 23-yanvar kuni Xalq qabulxonasi binosida Qo'shrabot tuman hokimi D.Shakarboyev ishtirokida fuqarolar va tashkilot rahbarlari bilan birgalikda navbatdagi qabul bo'lib o'tdi.

Qabul davomida asosan tibbiyot, kontrakt pulini to'lab berishda amaliy yordam, ishga joylashish, dehqon xo'jaligi uchun yer ajratib berish,  tabiiy gazga ulanish va shu kabi 19 nafar fuqarodan 20 ta murojaatlar kelib tushdi,

Kelib tushgan murojaatlar yuzasidan ayrimlariga tegishli tartibda huquqiy tushunchalar berildi va muddat talab etiladigan murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriq va ko'rsatmalar berildi.

 

 

 

2015-2024 © Qo'shrabot tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM