“O‘RTASOY” MAHALLASI RAISIGA “PREZIDENT SOVG‘ASI” SPARK AVTOMASHINASI TOPSHIRILDI

“O‘RTASOY” MAHALLASI RAISIGA “PREZIDENT SOVG‘ASI” SPARK AVTOMASHINASI TOPSHIRILDI

Bugungi kunda mahalla fuqarolar yig‘inlarida tashkil etilgan yarashtirish, voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari, xotin-qizlar bilan ishlash, ma’rifat va ma’naviyat masalalari bo‘yicha komissiyalarning a’zosi sifatida ushbu jamoatchilik tuzilmalari ishini samarali tashkil etishda mahalla raislari, maslahatchilari ham faollik ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, ularning fidoyiliklari bilan ko‘plab oilalarda yuzaga kelgan nizoli holatlarga barham berildi, oilaviy ahvoli og‘ir oilalarga ko‘mak ko‘rsatildi.

Ana shu jihatlarga bevosita ko‘proq e’tibor bergan, mahallasida jinoyatchilikning kamayishiga, ajralishlarning oldini olishda o‘rnak ko‘rsatgan “O‘rtasoy” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Tursunmurod Nurmatov O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan “Eng yaxshi mahalla raisi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida g‘olib deb topilgandi.

Tanlovning respublikada o‘tkazilgan bosqichida “Eng yaxshi mahalla raisi” nominatsiyasida Tursunmurod Nurmatov uchinchi o‘rinni egallab, Prezident sovg‘asi “Spark” avtomashinasi bilan taqdirlandi.

G‘olib bo‘lgan mahalla raisini tuman hokimligi oldida tuman hokimi D.Shakarboyev, tuman mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘I M.Shamsiyeva, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, korhona va tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari kutib olishdi.

Tadbirda “O‘rtasoy” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Tursunmurod Nurmatovning mahallada amalga оshirayotgan ishlari e’tirof etilib, qimmatbaho esdalik sovg‘asi topshirildi.

 

 

2015-2024 © Qo'shrabot tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM