
Assalomu alaykum, Hurmatli sektor aholisi!
Men rahbarlik qilayotgan tumanning 4-sektorida jami, 12 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud, aholi soni 33,0 ming nafar, xonadon soni 5,4 ming, oilalar soni 7.4 mingtani tashkil qiladi.
Tumanda 4-sektorga qarashli 12 ta mahallada ishsiz aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olingan. Buning uchun, eng avvalo aholining daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlashimiz kerak.
Bugungi kunda, sektor hududida aholi soni 33,0 ming nafarni, shundan mehnat resurslari 19,2 ming nafarni tashkil etib, iqtisodiy faol aholi ya’ni mehnat qilishga tayyor aholi qariyb 14,3 ming nafarni tashkil etadi.
Ulardan 13,1 ming nafari (91,6 foiz) ish bilan band. Xozirgi kunda sektor hududida ishsizlar soni 1,3 ming nafarni, ishsizlik darajasi 9,1 foizni tashkil etadi.
Ayniqsa, bu ishlarni tashkil etishda 12 ta mahalladagi “beshlik” uyma-uy yurib, aholining ishga joylashish, tadbirkorlikni boshlash, dehqonchilik qilish, kasb-hunarga o‘qish kabi xohish- istaklarini aniqlab, shu asosida ish tashkil etishmoqda.
Bugungi kunda, biz qolgan 1,3 ming nafar ishsizlarning manzilli ro‘yxati, kasbi, mutaxassisligi, yoshi va istaklari bo‘yicha ma’lumotlarni shakllantirib oldik.
Bundan tashqari, joriy o‘quv yilini 150 ga yaqin bitiruvchilar tamomladi.
Ulardan 50 nafari ta’limning keyingi bosqichi bilan qamrab olinishi, qolgan 100 nafari mehnat bozoriga kirib keldi.
“Temir daftar”ga ro‘yxatga olingan 124 ta ehtiyojmand oilalarning ijtimoiy holatini yaxshilash maqsadida 2023 yilda ishsiz oila a’zolarini bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish, subsidiyalar hisobiga issiqxonalar qurib berish, o‘zini o‘zi band qilish, korxonalar faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish natijasida asosiy ish joylariga qaytarish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida 59 ta oilalar ro‘yxatdan chiqarildi.
Hozirda “Temir daftar”da ro‘yxatda qolgan 20 ta ehtiyojmand oilalar bilan ishlar olib borilmoqda.
“Yoshlar daftari” bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar: “Yoshlar daftari”da ro‘yxatga olingan 299 nafar yoshlardan daftarda ro‘yxatda qolgan 32 nafarini ham qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya qilish, tadbirkorlikka yunaltirish, kasbga o‘qitish, tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishda ko‘maklashish, “Yoshlar - kelajagimiz”, “Har bir oila - tadbirkor” va boshqa dasturlar doirasida imtiyozli kreditlar ajratish,subsidiyalar berish, “Yoshlar 1+1” hamda “har bir tadbirkor - yoshlarga madadkor” tamoyillari asosida yoshlarni tadbirkorlik sub’ektlariga biriktirish orqali ro‘yxatdan chiqarilishining barcha choralari ko‘riladi.
“Ayollar daftari” bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar: “Ayollar daftari”ga 989 nafar xotin-qizlar kiritilgan bo‘lib, shundan bandligi ta’minlanmagan, ishlash istagida bo‘lgan, biroq daromad manbaiga ega bo‘lmagan ehtiyojmand 505 nafar xotin-qizlardan 505 nafarining bandligi ta’minlandi.
Tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand 37 nafar xotin-qizlardan 37 nafariga tadbirkorlik faoliyatini boshlashga amaliy yordam berildi.
Boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar 223 nafardan 129 nafariga (58%) yordam ko‘rsatilgan. Ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar 139 nafardan 69 nafarga (50%) yordam ko‘rsatilgan. Uy-joyga muhtoj ehtiyojmand 1 ta xotin-qizlardan 1 nafariga amaliy yordam berildi. Qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar 84 nafardan 60 nafarga (71%) yordam ko‘rsatilgan Jami 4-sektorda 234,5 mln.so‘m bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi.
Sektor hududidagi mahallalardan jami 456 nafar fuqaro xorijda migratsiyada bo‘lib, yil yakuniga qadar 60 nafar fuqaroni qaytarib olib kelish imkoniyatimiz mavjud. Buning uchun sektor hududiga biriktirilgan mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda xorijdagi fuqarolar bilan har oyda zuum platformasi orqali suhbat o‘tkazilib, ularning muammoli masalalari doimiy monitoring qilib kelinmoqda.
4-sektorda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va mas’ulllar bilan hamkorlikda jinoyatchilikni jilovlash, aholida mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni tizimli hal etish borasida barcha zaruriy ishlar qilinmoqda.
4-sektorni jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish, jinoyatchilikka to‘liq barham berish uchun avvalo profilaktik ishlarimizni mahalladan boshladik.
Hududlarda mahallabay, xonadonbay, fuqarobay profilaktik ishlarni to‘g‘ri va samarali tashkil qilish maqsadida yangicha tizim, ya’ni mahalla fuqarolar yig‘inlarida ish samaradorligini oshirish, aholini ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, ishsiz fuqarolarning doimiy daromad manbayini yaratgan holda bandligini ta’minlash hamda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida yagona hamkorlik tizimi tashkil etildi.
Mazkur yangi tizim barcha mahallalarda to‘liq tashkil etilib, mahallalardagi 5 ta vakillarning ish faoliyati samarali tashkil qilinganligi natijasida joriy yilning o‘tgan davri moboynida tumanimizda umumiy jinoyatchilik kamayishiga erishildi.
Agarda, 2022 yilning mos davrida sektor hududida
33 ta jinoyatchilik qayd etilgan bo‘lsa, joriy yilning o‘tgan davrida 38 ta jinoyatchilik qayd etilgan (sodir etilgan jinoyatlarning asosiy qismini iqtisodiy jinoyatlar tashkil qiladi).
Bundan tashqari, tumanda huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va omillarini aniqlash, ayniqsa yoshlar, voyaga yetmaganlar va xotin-qizlar tomonidan sodir etilayotgan qonunbuzilish holatlarining sabablari o‘rganilmoqda.
Ayniqsa, yoshlar bilan ishlash tizimini yanada yaxshilash maqsadida, 4 ta ustivor yo‘nalish:
yoshlar bandligini ta’minlash, ularga sifatli ta’lim berish, kasb-hunarga o‘qitish va bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil qilish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj yoshlarni har tomonlama qo‘llab quvvatlash, yoshlar o‘rtasida sog‘lom fikr va dunyoqarashni shakllantirish asosiy vazifa qilib olganmiz.
Bugungi kunda sektor hududidagi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan, 8 750 nafar yoshlar “yoshlar balansi”ga kirgan.
Davlatimizning g‘amxo‘rligiga va e’tiborini kutayotgan hamda ko‘makka muxtoj, 4-sektor hududida qizil toifada bo‘lgan o‘zimga biriktirilgan 61 nafar yoshlar bilan individual yangicha ishlash, jamiyatda ularning rolini oshirish maqsadida, har biri bilan uchrashib, ularning bugungi kunda mavjud bo‘lgan muamolarini hal etish hamda ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha o‘zimga zaruriy chora-tadbirlar belgilab olganman.
Hozirgi kunda sektor hududida 392 ta korxona mavjud bo‘lib, shundan 96 tasi faoliyatsiz, 76 tasi kam quvvatli hisoblanadi. Yil yakuniga qadar mazkur korxonalar faoliyatini tiklash va to‘liq quvvatda ishlashini ta’minlash bo‘yicha barcha zaruriy tadbirlarni amalga oshiramiz.
Tumanimizning 5-toyifada ekanligidan kelib chiqib, berilayotgan imkoniyat va imtiyozlardan samarali foydalinilgan holda yil yakuniga qadar 35 ta tadbirkorlik sub’ektlari va 16 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil qilinadi.
Joriy yilda “Investitsiya dasturi” doirasida umumiy qiymati 686,9 mlrd. so‘mlik 68 ta loyihalarni amalga oshirish belgilangan.
Joriy yilning yanvar-iyul oylari davomida dastur doirasida jami 101,4 mlrd so‘mlik o‘zlashtirilib, 26 ta loyiha ishga tushirildi. Joriy yil yakuniga qadar yana jami 14,3 mlrd so‘mlik 62 ta loyiha amalga oshiriladi. Bu loyihalar orqali 28 ta yangi ish o‘rinlarini yaratiladi.
Mazkur loyihalarni amalga oshirilishi hisobiga ishlab chiqarish xajmi 26,2 mlrd so‘mga, byudjetga tushum esa 1,0 mlrd so‘mga ortadi.
5. Hududiy eksportni oshirish masalalari:
Joriy yilda 4-sektorda 800,0 ming dollarlik eksport amalga oshirilib, o‘tgan yilga nisbatan 135 foizni tashkil qiladi.
Jumladan:
- sanoat mahsulotlari – 0,1 mln dollar;
- meva-sabzavot – 0,925 mln dollarlik maxsulotlar eksport qilinishi rejalashtirilgan.
O‘tgan yanvar-iyun oylarida 0,35 mln dollar, shundan 0,07 mln dollarlik sanoat mahsulotlari eksport qilindi.
Yil yakuniga qadar yana 0,680 mln dollarlik sanoat va meva- sabzavot mahsulotlari eksport qilinadi.