Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun nima qilish kerak?

Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun nima qilish kerak?

Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun ariza beruvchi DXMga oʻzi kelgan holda murojaat etishi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtishi kerak.

Agar siz o’zingiz kelib murojaat etgan taqdiringizda, DXM xodimlari sizning nomingizdan, YIDXP orqali murojaat etadilar va belgilangan shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil toʻldiradilar. 

Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, soʻrovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma hamda soʻrovnomaga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinadi.

Kadastr(yigʻmajildi) pasporti yoʻqolganda(yaroqsiz holga kelganda), qogʻoz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

2015-2024 © GOVERNMENT OF QUSHRABOT DISTRICT. Maked by: SAKTRM